O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayollar ishsizligi barham topsin

2022-07-01 | Jamiyat

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida poytaxtimizning Sergeli tuman hokimligida mahalla xotin-qizlar faollari, raislari, bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘limi vakillari, mutasaddilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari, qo‘mita raisi Zulayho Mahkamova tuman miqyosida xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi qoniqarsiz ekanligini aytdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, tumanda 1067 ta xotin-qiz ishsiz. Bu esa tumanda «Ayollar daftari»da hisobda turgan xotin-qizlar bilan tobora ko‘proq ishlash, ularning muammolarni teran tahlil etish, o‘rganish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning mahallalar, xotin-qizlar faollari bilan hamkorligini kuchaytirish ham dolzarbdir.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish aniq reja asosida amalga oshirilmayapti. Kasbga o‘qitish markazlari faoliyati ham qoniqarsiz deb belgilandi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf yetish va xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini tartibga solish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va vazifalar berildi.

N.Usmonova

Manba: O'zA

Поделиться