O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xodimlarni ishga olish, bilimini sinash to‘liq elektron tarzda amalga oshirilmoqda

2022-06-22 | Jamiyat

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organ — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borish, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirish hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l ochilmoqda. 

– Agentlik tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga kirishda inson omilini kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot tahlil tizimi hamda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali –vacancy.argos.uzishga tushirildi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov. – Tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazasi — Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksiga integratsiya qilindi. 

bugungi kunda portalga 70 dan ortiq vazirlik va idoralar, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari (jami 14 mingdan ziyod), barcha hokimliklar ulangan bo‘lib, 220 mingdan ortiq fuqaro elektron shakldagi o‘z rezyumesini shakllantirgan. O‘tgan davr mobaynida davlat organlari va tashkilotlaridagi mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha 75 mingdan ortiq tanlov e’lon qilinib, vakant lavozimlar uchun tanlovlarda jami 900 mingga yaqin nomzod ishtirok etgan. 

– Oxirgi 5-6 yil davomida davlatimizda judayam ko‘plab isloxotlar amalga oshirilyapti, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mas’ul xodimi Kamol Tagayev. – Albatta, har bir soxada yetuk kadrlarga bo‘layotgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Mana shu talablarni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 3 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarorda agentlikka bir qator funksiyalar yuklandi.  

Shuningdek, davlat xizmatchilarining bilim va malakasini oshirib borish maqsadida agentlik tomonidan davlat fuqarolik xizmati yagona  elektron axborot tahlil tizimi tarkibida xodimlarni masofaviy o‘qitish bo‘yicha ilm.argos.uz platformasi, xodimlarning bilim salohiyatini avtomatik aniqlash imkonini beruvchi test.argos.uz platformasi joriy etilgan. 

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mayida qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023 yil 1 yanvarga qadar davlat boshqaruvi organlarida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi avtomatlashtirilgan tizimning joriy etilishi belgilandi. 

Ya’ni, endilikda Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksiga kiritilayotgan ma’lumotlar to‘liqligini ta’minlash, vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali amalga oshirishga qat’iy rioya etish talab etiladi hamda kadrlarni boshqarish, baholash, masofaviy o‘qitish va rivojlantirish jarayonlarini davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot tahlil tizimi tarkibidagi platformalari yanada takomillashtiriladi. 

Muloqotda davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning yagona tizimi — hrm.argos.uzplatformasi taqdimoti o‘tkazildi.  

N.Rahmonova, N.Haydarov(surat) 

Manba: O'zA

Поделиться