O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

2022-06-28 | Sog‘liqni saqlash

​O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotida tibbiyotdagi dolzarb muammolar yechimi borasida yo‘nalishlar belgilanib berilgandi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari rahbarlarining sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlashga qaratilgan choralar samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi, shuningdek, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
 
Oxirgi 5 yilda sanitariya-epidemiologiya xizmati oldiga qo‘yilgan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta'minlash, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida sohaga oid ikkita qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, Prezidentning 20 tadan ortiq farmon va qarori hamda hukumat qarorlari qabul qilindi.
 
Xususan, birlamchi sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan aholiga manzilli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, sanitariyaepidemiologiya xizmati tomonidan yurtimiz hududiga yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalib ketishining oldini olish yuzasidan bir necha qarorlar qabul qilindi.
 
Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tashkil etildi.
 
Hukumatning 2020-yil 23-martdagi va 2020-yil 25-apreldagi qarorlariga ko‘ra, aholini koronavirus kasalligidan himoyalash, karantinga olish va davolashga oid tartiblar belgilandi.
 
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan ehtimoliy xavflarni aniqlash va baholash, shuningdek, yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlarining epidemio logik monitoringini yuritish va epidemiyalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish samaradorligiga e'tibor qaratildi.
 
Bemorlarni erta aniqlash, ularni izolyatsiya qilish, shuningdek, kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni tekshirish maqsadida respublika virusologik laboratoriyalarining quvvvati 10 barobar oshirildi — 2020-yil mart oyidan boshlab qo‘shimcha 170 dan ortiq PZR apparati o‘rnatilib, kunlik tekshirish potensiali 6 mingtagacha (pandemiyadan oldin kuniga 5-6 tadan ko‘p bo‘lmagan) tadqiqot o‘tkazish imkoniyatigacha kengaydi.
 
Respublikamizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash dunyoda birinchilardan bo‘lib 2021-yil 1-apreldan bosh landi. Jarayonga tayyorgarlik ishlari JSST, UNICEF, GAVI (Global Alliance on Vaaccination and Immunization), SDS kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda olib borildi. Ushbu hamkorlik doirasida respublikada 1 ta markaziy, 14 ta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash omborxonasi qurildi va qayta ta'mirlandi, emlash jarayonlari uchun 457 ta sovitkich, 148 ta elektr generator, 500 dan ortiq termosumka va 121 ta termokonteyner taqdim etildi.
 
GAVI tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven, 16 ta yengil avtotransport topshirildi.
 
Emlash ishlari hozirgi vaqtda res publikadagi 3 138 ta davolash-profilaktika muassasasining emlash punktlarida va 862 ta harakatdagi brigada tomonidan amalga oshirilmoqda. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari uchun yurtimizga 42,2 million doza vaksina olib kelingan.
 
Bundan tashqari, 2021-yil avgust oyidan mamlakatimizda COVID-19 ga qarshi vaksina mahaliylashtirilib, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bugungi kunga qadar 27,5 million doza vaksina ishlab chiqarilgan. Shundan 26,6 million dozasi “ZF-UZ-VAS 2001”, 881,8 ming dozasi ikki komponentli “Sputnik V” vaksinasidir.
 
Yig‘ilish yakunida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni jadallashtirish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralarga aniq topshiriqlar berildi.
 
Quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:
tashkilot, korxona va muassasalarda ishlovchilarning, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi-xizmatchilarining buster doza bilan emlanishini tashkil etish;
birlamchi tibbiyot muassasalarini generatorlar bilan ta'minlash hamda “sovuqlik zanjiri”ni to‘g‘ri tashkil etish, zarur bo‘lgan yonilg‘i-moylash mahsulotlari uchun mablag‘ni tibbiyot muassasalarining smeta xarajatlariga kiritish.
 
Muhokama yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilindi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться