O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingda “Eng yaxshi innovatsion universitet”, deya e’tirof etildi

16.07.2021Ta’limManba: O'zA

O‘zbekiston Milliy universiteti yana bir xalqaro reytingda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Universitet “WURI Ranking”, ya’ni dunyo universitetlarining “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” reytingini aniqlash agentligi asoschisi, Seul universiteti faxriy professori, direktor janob Xvi Chang Mundan tabriknoma qabul qildi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston Respublikasidan birinchi bo‘lib ishtirok etgan oliy ta’lim muassasasi ekanligi alohida qayd etilgan va universitet mazkur reytingda kuchli 300 talik universitetlar qatoridan 101+200 o‘rinni egallaganligi hamda mazkur reyting boshqa reytinglardan farqli o‘laroq yangi innovatsion konsepsiyaga asoslanganligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

MOXI da BMT ning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi delegatsiyasining rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.07.2021SiyosatManba: O'zA

Markaziy Osiyo xalqaro institutining rasmiy ochilishi doirasida MOXI direktori M.Nosirovning BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMT ning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) delegatsiyasining rahbari N.German bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi intilishlar qat’iy ekani ta’kidlandi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Toshkentda Avstriyaning faxriy konsulxonasi ochildi

16.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida Avstriyaning O‘zbekistondagi Faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Pokiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

16.07.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Islohotlarimizning mazmuni va ruhi bir-biriga o‘xshash va uyg‘undir

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining ijrochi kotibni qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YEIK) ijro etuvchi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi.

O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini keng ko‘lamda rivojlantirishga kelishib olindi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tor doirada muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan tashqi siyosat bo‘yicha islohotlar yuqori baholandi

15.07.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi T. Norboyeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari N. German bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining muzokaralari boshlandi

15.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 15-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashdi.

15.07.2021SiyosatManba: O'zA

15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Buyuk Britaniyaning Hamdo‘stlik va BMT ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv

15.07.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Toshkentga “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Buyuk Britaniyaning Hamdo‘stlik va BMT ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi.

Vazir Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimida ishtirok etdi

15.07.2021Ta’limManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 15-iyul kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

15.07.2021Siyosat

2021-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga rasmiy tashrif hamda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi

15.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Nufuzli xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi

15.07.2021SiyosatManba: O'zA

Bugun, 15-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tayinlangan Maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi.

Turkiya kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

15.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi  ko‘magida Turkiyadagi «Vatan Danışmanlık» konsalting kompaniyasi rahbariyatining mamlakatimizga amaliy safari tashkil etildi.

“C5+1” shaklidagi uchrashuv to‘g‘risida

15.07.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 15-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya doirasida “C5+1” muloqot shaklining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.