O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MOXI da BMT ning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi delegatsiyasining rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-07-16 | Siyosat
Markaziy Osiyo xalqaro institutining rasmiy ochilishi doirasida MOXI direktori M.Nosirovning BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMT ning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) delegatsiyasining rahbari N.German bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzorakalar davomida N.German O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyodagi jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha tahliliy markazni tuzish bo‘yicha tashabbusini yuqori baholadi. Tadbiri ishtirokchilarining yuqori maqomi alohida ta’kidlandi, unda Markaziy Osiyo mintaqasining tashqi ishlar vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va dunyoning yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda, bu esa O‘zbekistonning tashqi siyosiy kursiga bo‘lgan kuchli qiziqishdan dalolat beradi.
Ta’kidlandiki, O‘zbekiston tomonidan mintaqa uchun muhim bo‘lgan, Markaziy Osiyoni do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik qaror topgan mintaqaga aylantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslar ilgari surilmoqda.
MOXI ning maqsadi va vazifalari MOPDMM maqsadi va vazifalariga uyg‘un ekanligiga e’tibor qaratildi, zero ularning faoliyati mintaqa mamlakatlarining ko‘p tomonlama hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.
Yuksak martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqliq. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning muhimligi va dolzarbligini ta’kidladi.
Munazam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek MOXI va MOPDMM hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: O'zA