O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniyaning Hamdo‘stlik va BMT ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv

2021-07-15 | Siyosat

2021-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Toshkentga “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Buyuk Britaniyaning Hamdo‘stlik va BMT ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi.

Tomonlan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar hamda ushbu mamlakatdagi tinchlik jarayoniga birgalikda ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Afg‘onistondagi zo‘ravonlik darajasining oshib borayotganida jiddiy xavotir izhor etildi. Tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirish zarurligi qayd eʼtirof etildi.

Birodar afg‘on xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, Afg‘onistonda mustahkam va keng ko‘lamli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishda mintaqa davlatlarining muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Afg‘on masalasi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться