O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo xalqaro institutining ochilish marosimida ishtirok etdi

2021-07-15 | Ta’lim

2021-yil 15-iyul kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o'qib eshittirildi.

Marosimda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yuqori vakillari ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o'z nutqida qayd etganidek, mazkur institutning ochilishi mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bunday jarayonlar so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda jadal kechmoqda. Vazir yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qilish, turli sohalardagi ko‘p tomonlama loyihalar bo‘yicha amaliy  va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratishiga ishonch bildirdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться