O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

2021-07-16 | Siyosat

Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Tashrif doirasida imzolangan 8 ta hujjat almashildi. Tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda Ishbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar ular orasida alohida ahamiyatga ega.

Shuningdek, Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida protokol, 2021-2026-yillarga mo‘ljallangan Madaniy almashuv dasturi, turizm masalalari bo‘yicha anglashuv memorandumi, davlat chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risida bayonnoma, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi, O‘zbekiston – Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya majlisi hamda O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida 500 million dollarlikdan ziyod shartnomalar imzolangani ma’lum qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться