O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“C5+1” shaklidagi uchrashuv to‘g‘risida
2021-07-15 | Siyosat
2021-yil 15-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya doirasida “C5+1” muloqot shaklining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari delegatsiyalariga Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev boshchilik qildi. Tadbirda Amerika tomonidan AQSh Prezidentining Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahtchisi Elizabet Shervud-Rendall qatnashdi.
“C5+1” shakli doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari borasida fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi