O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi
2021-07-15 | Siyosat
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Turkiyadagi «Vatan Danışmanlık» konsalting kompaniyasi rahbariyatining mamlakatimizga amaliy safari tashkil etildi.
Ushbu safar davomida «Vatan Danışmanlık» konsalting kompaniyasi vakillari kecha O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida muzokaralar o‘tkazdi.
Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Xo‘jaakbar Fayzullaxo‘jayev va «Vatan Danışmanlık» konsalting kompaniyasi bosh direktori Alaattin Shaxin boshchiligidagi kompaniya vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda Turkiyada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va «Vatan Danismanlik» konsalting kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tanlov asosida Turkiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi