O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingda “Eng yaxshi innovatsion universitet”, deya e’tirof etildi

2021-07-16 | Ta’lim

O‘zbekiston Milliy universiteti yana bir xalqaro reytingda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Universitet “WURI Ranking”, ya’ni dunyo universitetlarining “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” reytingini aniqlash agentligi asoschisi, Seul universiteti faxriy professori, direktor janob Xvi Chang Mundan tabriknoma qabul qildi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston Respublikasidan birinchi bo‘lib ishtirok etgan oliy ta’lim muassasasi ekanligi alohida qayd etilgan va universitet mazkur reytingda kuchli 300 talik universitetlar qatoridan 101+200 o‘rinni egallaganligi hamda mazkur reyting boshqa reytinglardan farqli o‘laroq yangi innovatsion konsepsiyaga asoslanganligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

“World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi AQSH, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil  etilgan  dunyo reytingi hisoblanadi. Ushbu reytingni tuzishda asosiy tashkilotchilar 10 ta universitet bo‘lib, ular asosan jahon universitetlaridagi eng yangi ilmiy-innovatsion loyihalar va ularning jamiyat hamda oliy ta’lim muassasalariga ta’sirini baholab beruvchi tashkilot hisoblanadi. 

“WURI” reytingi universitetlarning sanoat dasturlari, yangi startap dasturlari va tadbirkorlik, talabalarning harakatchanligi va faolligi, inqirozni boshqarish va axloqiy qadriyatlar kabi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalarini baholaydi.  

Yaqinda ushbu reytingning 2021-yil uchun natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Massachuset va Stendford universitetlari mos ravishda 1-2 o‘rin, Garvard universiteti 8-o‘rin, Boston universiteti esa 15-o‘rinni egallagan. 

O‘zbekiston Milliy universiteti respublikamiz oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 101-200 o‘rin bilan mazkur reytingga kirgan yagona universitet bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni egalladi:

1. Sanoat dasturlari innovatsion loyihalari  –  51-100 o‘rin;

2. Talabalarning harakatchanligi va faolligi –  52-100 o‘rin;

3. Axloqiy qadriyatlar bo‘yicha innovatsion loyiha –  51-100 o‘rin;

4. WURI global umumiy reytingida –    101-200 o‘rin.

Universitetimiz yana bir qancha xalqaro reytingda qatnashmoqda va ularning natijalari 2021 yilning yakunigacha e’lon qilib boriladi.  

Manba: O'zA

Поделиться