O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Senati Raisi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining ijrochi kotibni qabul qildi

2021-07-16 | Siyosat

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining (YEIK) ijro etuvchi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi.

Senat ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar va muloqot sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston BMT doirasida barcha sohalarda hamkorlikka muhim ahamiyat berayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlik qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturini (SPЕKA) targ‘ib qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar YEIKning Iqtisodiy forumini va SPЕKA Boshqaruv qo‘mitasi kengashining 16-sessiyasini shu yil noyabr oyida Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini, qolaversa, SPЕKA investitsiyalar va moliyaviy hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, Toshkentda SPЕKA Kotibiyatini ta’sis etish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться