O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT delegatsiyasi bilan uchrashuv

2021-10-26 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda, shuningdek, DIIHB saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari O.Merfi, Parlament Assambleyasi vitse-prezidentlari R.Lopatka va D.Ridder, DIIHB Saylov departamenti rahbari M.Fitsdjerald va YXHT PA saylovlar bo‘yicha kotibiyat rahbari A.Beyker ishtirok etdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan YXHT o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ochiq va ishonchli muloqotni mamnuniyat bilan qayd etdilar, shuningdek, o‘zaro manfaatli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

YXHT delegatsiyasiga O‘zbekistonda saylov tizimini takomillashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligi hamda gender tengligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. .

M.Mekachchi saylovni kuzatish missiyasining samarali faoliyat yuritishida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bergani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u saylov jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida mamlakatimiz namoyon etgan ochiqlik va konstruktivlikni olqishladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться