O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

2021-11-02 | Siyosat

2021-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini O‘zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini o‘tkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться