O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sodiq Safoyev Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

2021-11-03 | Siyosat

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasidan xabar qilishlaricha, 2021-yil 3-noyabr kuni Yaponiya hukumati 2021-yilning kuzida imperator ordeni bilan mukofotlangan chet ellik fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham kiritilgan.

“Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini ilgari surish va ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishda ko‘p yillik xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Solihovich Safoyev Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni” (Grand Cordon of the Order of the Rising Sun) bilan mukofotlanadi”, – deyiladi jumladan xabarda.

“Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni” faqat ulkan natijalarga erishgan shaxslarga beriladigan Oliy mukofot hisoblanadi va u birinchi bor O‘zbekistonda berilmoqda.  

Sodiq Safoyev haqida qisqacha ma’lumot:  Sodiq Solihovich Safoyev  Yaponiya bilan Markaziy Osiyo o‘rtasida muhim platforma hisoblangan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti yo‘lga qo‘yilgan paytida Tashqi ishlar vaziri edi. U ko‘p yillar davomida Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, shuningdek, mazkur muloqotni rivojlantirishga hissa qo‘shib keldi.  

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari hamda “Oliy Majlis – Yaponiya Parlamenti” parlamentlararo guruhiga raislik qilgan paytda u ikki mamlakat parlamentlari almashinuvlarini rivojlantirishga hissa qo‘shdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Yaponiyaga rasmiy tashrifi muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim rol o‘ynadi.

Manba: O'zA

Поделиться