O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2021-10-28 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar Oʻzbekiston-Eron munosabatlarining bugungi darajasi, turli sohalardagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar masalasiga eʼtibor qaratildi. Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Eronning afgʻon inqirozini hal qilish borasidagi saʼy-harakatlarini, Afgʻonistonda turli infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishga ustuvor ahamiyat qaratdilar. Eron tomoni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatishga faol hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi