O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to‘g‘risida

2021-10-27 | Siyosat

2021-yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida bugungi kunda Afg‘onistonda mutlaqo yangi voqelik yuzaga kelganini ta’kidladi. To‘liq vakolatga hamda xalqaro e’tirofga ega bo‘lishga intilayotgan Muvaqqat hukumat tuzildi.

Qayd etilganidek, Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqa davlatlari, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi.

Ayniqsa, hozirgi zamonaviy bosqichda ushbu davlatni xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afg‘onistonga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Forum ishtirokchilari Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, birodar afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish masalasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться