O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arxiv sohasiga oid yangi hamkorliklar

2021-10-25 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon — Prezident saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi bosh direktori Abdulla bin Muhammad Al Rais bilan uchrashdi.

Ma’lumki, arxiv har bir davlatning tarixi va bugunini o‘zida mujassam etgan manzildir. Tarixga oid eng noyob manbalarni ayni arxivda saqlanishi ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, xalqaro hamkorlikni yuksaltirishni taqozo etadi.

Mazkur muzokara chog‘ida ham arxiv bilan ishlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida arxivda mavjud tarixiy ma’lumotlarni almashish, noyob qo‘lyozmalar va meroslarni o‘rganish ustida birgalikda ishlash, o‘zaro nusxalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi muhim takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirligida yaqinda bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari hamda o‘zbek mumtoz san’ati durdonasi bo‘lgan Shashmaqomni YUNESKOning "Dunyo xotirasi" nomli dasturiga kiritish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Manba: O'zA

Поделиться