O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston - Xitoy: parlamentlararo aloqalarning muhim bosqichi

2019-09-12 | Siyosat

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hamkorligi turli yo‘nalishlarni qamrab olgan holda jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarining mustahkamlanishi munosabatlar doirasining yanada kengayishida muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

2019-yil 11-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida  XXR Xalq vakillari Butunxitoy majlisi qishloq ho‘jaligi va qishloqlarda ishlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Li Chunshen boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmonlarga parlament quyi palatasi faoliyati, qonunchilik sohasidagi yangiliklar to‘g‘risida axborot berildi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari turli darajadagi xalqaro seminarlar, forumlar va yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun XXRga bir necha bor tashrif buyurgani, o‘z navbatida, mazkur mamlakat parlamentariylari ham yurtimizda bo‘lgani ta’kidlab o‘tildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat va hududiy dasturlar hamda ular berayotgan samaralar xususida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda davlat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ochiq va do‘stona tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar besh yillik keng qamrovli Harakatlar strategiyasining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Li Chunshen samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yilning 24-27-aprel kunlari Xitoyga qilgan tashrifi ikki mamlakat munosabatlariga yangi mazmun-mohiyat, rag‘bat berganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etayotganini bildirdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda ishonchli muhitni yaratilishga qaratilgan parlamentlararo aloqalarni yanada yaxshilash, siyosiy muloqotlar muntazamligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Jumladan, agrar sohadagi qonun ijodkorligi jarayoni yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, bugungi kunda ikki mamlakatning mazkur jabhada qo‘lga kiritgan yutuqlari, qishloq xo‘jaligida amaliyotga joriy etilayotgan innovatsion ilg‘or usullar bilan o‘zaro o‘rtoqlashish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.      

Shuningdek, muloqotda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Поделиться