O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-09-13 | Siyosat

2019-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qila turib, Vazir Elchini tayinlov bilan qutladi va unga omad tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Fransiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘targan 2018-yilda Fransiyaga rasmiy tashrif doirasidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim e’tibor qaratildi.

Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va ta’lim kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmlarini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtayi nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Поделиться