O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi

2019-09-11 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya harbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida AQShga tashrif buyurdi. 

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida 9 sentabr kuni general-mayor A.Ikromov AQSh Milliy mudofaa universiteti Prezidenti, vitse-admiral F.Rugge bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot mobaynida oliy bo‘g‘in ofitser kadrlarini tayyorlash, harbiy tadqiqotlar o‘tkazish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Tomonlar keng ko‘lamli masalalar va AQSh Milliy mudofaa universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi universitet infratuzilmasi, harbiy kadrlar tayyorlashga yondashuvning umumiy tizimi, shuningdek, professional harbiy ta’limning muayyan kurslari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish prinsiplari bilan tanishdi. 

Shu kunning o‘zida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi (NESA) direktori, iste’fodagi general-leytenant Tomas Vulf bilan uchrashdi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlab o‘tildi.

10-sentabr kuni Missisipi shtatidan AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli, shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi vakili Amer Latif bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.

Delegatsiyamiz a’zolari 11-13-sentabr kunlari Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida joylashgan AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari Harbiy kollejiga tashrif buyuradi.

Поделиться