O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-09-13 | Siyosat

2019-yilning 12-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Malayziya TIVning ikki tomonlar munosabatlar bo‘yicha Bosh kotibi o‘rinbosari Dato Amran Muhammed Zin delegatsiyalarga boshchilik qildilar.

Maslahatlashuvlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda batafsil ko‘rib chiqildi.

Turli darajadagi tashriflar bilan almashish orqali siyosiy muloqotni chuqurlashtirishning va parlamentlararo aloqalarni faollashtirishning muhim ahamiyati ta’kidlandi.

O‘zaro savdoning izchil o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Uning umumiy hajmlari 2018-yilda 78 mln. AQSh dollaridan oshib, avvalgi yilning ayni ko‘rsatgishidan 20% dan ko‘proqni tashkil etdi. Shu bilan birga tomonlarda o‘zaro savdo aylanmasini ko‘paytirish uchun ulkan salohiyat borligi e’tirof etildi. Shu nuqtayi nazardan 10 yillik tanaffusdan so‘ng Savdo bo‘yicha qo‘shma qo‘mita yig‘ilishini qayta tiklash masalasi ko‘tarildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama investitsion hamkorlik va turistik almashinuvlar, ayniqsa ziyorat-turizm sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishning zarurligi ham aytib o‘tildi, o‘zaro manfaat asosida tegishli qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni, jumladan ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sport sohalaridagi munosabatlarni faollashtirish istiqbollariga muhim e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston – Malayziya sherikchiligining shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlarda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Malayziya Elchisi Hendi Assan ishtirok etdi.

Поделиться