Sirdaryoda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishdagi muhim masalalar belgilab olindi
Joriy yilning 24-27 noyabr kunlari Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tarmoq tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlarini jalb etgan holda Prezidentning sohaga doir bergan topshiriqlari ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan masalalarni hal etish yuzasidan Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.
Respublika Ishchi guruhi joylarda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib bordi. Jumladan, ishchi guruhi viloyatda yerdan samarali foydalanish va o‘zlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va irrigasiya-melioratsiya, intensiv bog‘-tokzorlar hamda issiqxonalar barpo etish, sanoatbop tokzorlar barpo etish, agrar sohani rivojlantirish, meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, texnika ta'minoti, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirishdagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularni hal etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ishchi guruhi bajarilgan ishlar yakunida viloyatning tuman va shaharlari hokimlari va sektor rahbarlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari vakillari, tadbirkorlar, fermerlar va klasterlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, muhim vazifalar belgilanib olindi, mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tumanlar 4 ta sektor rahbarlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning o‘z muddatlarida ijrosini ta'minlashga mas'ul ekinligi belgilandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi