9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda ilk marta keng ko‘lamli “Antikorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
Haftalik doirasida Davlat bojxona qo‘mitasida ham ochiq eshiklar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir davlat organlari faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash, ular faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida tashkil etiladi.
Tadbir davomida bojxona organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumotlar taqdim etiladi.
Jurnalistlar, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.
Diqqat! Ochiq eshiklar kunida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘tib, ariza shaklini 2020-yilning 24-noyabridan 30-noyabriga qadar to‘ldirib yuborishingiz so‘raladi:
https://docs.google.com/.../1FAIpQLSdBeDl9nLQqEQ.../viewform
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi