O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼzbekiston COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish va koviddan keyingi davrda bilimlar bilan almashish boʼyicha Konferentsiyada ishtirok etdi

2020-11-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-noyabr kuni videokonferentsaloqa shaklida Koreya Respublikasi “Knowledge Sharing Program” (KSP) bilimlar bilan almashish dasturi doirasida COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish va koviddan keyingi davrda bilimlar bilan almashish boʼyicha Konferensiya boʼlib oʼtdi.

Tadbir Koreya Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Koreya taraqqiyot instituti, Koreya Eksimbanki, Koreya savdo va investitsiyalarni qoʼllab-quvvatlash agentligi tomonidan tashkil etildi.
 
Аnjumanning ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Koreya Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʼrinbosari Kim Yongbom, Koreya taraqqiyot Instituti prezidenti Choy Djong Pyo hamda Iqtisodiyot boʼyicha Nobelь mukofoti sovrindori, Massachusets texnologiya instituti professori Ester Dyuflo soʼzga chiqdi.
 
Tadbir davomida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish bilan bogʼliq masalalar, shuningdek, koviddan keyingi davrda koʼp qirrali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Аnjuman davomida yalpi majlis tashkil etilib, unda Koreyaning tegishli idora, tashkilot va institutlar vakillari koviddan keyingi davrda xalqaro tashkilotlarning koʼp tomonlama hamkorligi boʼyicha yangi strategiyani taqdim etdilar va samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyishda KSP dasturining rolini oshirish istiqbollarini koʼrib chiqdilar.
 
Tadbir davomida shuningdek, nafaqat Koreyada, balki Vьetnam va Indoneziya kabi qoʼshni mamlakatlarda ham yaxshi natijalarni koʼrsatgan institutsional va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash va sogʼliqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan pandemiyaning oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar koʼrib chiqildi.
 
Pandemiyaning tarqalishiga qarshi kurash, aholiga tibbiy yordam koʼrsatish va iqtisodiy faoliyatni tiklash doirasida masalalar va muammolarni hal etish uchun xalqaro darajada oʼzaro muvofiqlashtirilgan yaqin hamkorlik qilish zarurligi taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan konferentsiya ishtirokchilari sogʼliqni saqlash sohasida oʼzaro tajriba almashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʼyicha qoʼshma tadbirlarni amalga oshirishga qiziqish hamda inqirozdan keyingi davrda xalqaro tashkilotlarning koʼp tomonlama hamkorligi boʼyicha kompleks strategiyani amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Maʼlumot uchun: “Knowledge Sharing Program”ning maqsadi Koreyadagi yetakchi davlat tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot va sanoatning turli tarmoqlarini rivojlantirish boʼyicha begʼaraz asosda maslahatlar berishdan iborat.
 
Oʼzbekiston ushbu dastur doirasida Koreya bilan 2004-yildan buyon hamkorlik qilib kelayapti. Hamkorlik boshlangandan beri barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, savdo-sotiqni faollashtirish, energetika sohasini rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sogʼliqni saqlash va taʼlim tizimlarini mustahkamlash borasida 19 loyiha amalga oshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться