O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliyaviy hisobоtning xalqaro standartlari hujjatlari matnini davlat tiliga tarjima qilish yo‘lida ilk qadam qo‘yildi

2020-11-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida Moliyaviy hisobоtning xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy qilish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan MHXS hujjatlari matnida qo‘llanilgan terminlar davlat tiliga tarjima qilindi va ekspertlardan iborat ko‘rib chiqish komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

MHXS hujjatlari matnini davlat tiliga tarjima qilishda terminlarni qo‘llanishi muhim ahamiyat kasb etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Moliya vazirligi maʼlumotiga tayanib.

MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilganda, MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni Katta to‘rtlik (Big-4) auditorlik tashkilotlari, professional tashkilotlar va universitetlar, shuningdek MHXSga muvofiq hisobоt tuzadigan yirik va qo‘shma korxonalar bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshirilganligi alohida eʼtiborga loyiq deb topildi.

MHXS hujjatlarining bevosita foydalanuvchisi hisoblangan malakali mutahassislarning ularda qo‘llanilgan terminlarning davlat tilidagi tarjimasi yuzasidan professional fikr, mulohaza va takliflari, mazkur terminlarni MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima matnida qo‘llanishini birxillashtirishda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, terminlar tarjimasini ko‘rib, asoslangan professional fikr, mulohaza va takliflarni bermoqchi bo‘lgan, ingliz va o‘zbek tili hamda MHXS bo‘yicha ish yoki o‘qitish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bu jarayonda aktiv ishtirok etishlari mumkin.

 Shuningdek, MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Moliya vazirligining bevosita tashabbusi bilan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarini bilan hamkorlikda yaratilgan MHXS asoslari bo‘yicha ikkita taʼlim (o‘quv) platformalarida qatnashuvchilar soni 6 mingtaga yetdi. MHXS asoslari bo‘yicha taʼlim platformalaridan ifrs.academy va profimsfo.uz havolalari orqali bepul ro‘yxatdan o‘tib taʼlim olish mumkin.

 MHXS asoslari bo‘yicha taʼlim platformalarida ishtirok etayotgan tinglovchilarning ish joylari bo‘yicha ulushi quyidagicha.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться