O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Turkiya davlat temir yo‘llari» OAJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-09-09 | Iqtisodiyot
2019-yil 6-sentabrda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida «Turkiya davlat temir yo‘llari» OAJ bosh direktori E. Arikan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Turkiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari, «Urta Osiye Trans» OAJ va «Silk Road International» MChJ QK rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda, savdo hajmi o‘sib borayotgani va mamlakatda biznes sektorining faolligi oshib borayotganini hisobga olgan holda, ikki mamlakat o‘rtasidagi transportni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha multimodal transport qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi, xalqaro transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi, bu esa yuqorida qayd etilgan davlatlar iqtisodiyotining o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari samarali ma’lumot almashish, yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi loyihalarni amalga oshirish ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston-Turkiya biznes forumini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar. Ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.