O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xayrullo Bozorov Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

2019-09-09 | Iqtisodiyot

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 9-sentabr kuni Rozanna Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvning bosh mavzusi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi «O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasiga kiritilgan Chortoq shahri bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari muhokamasi bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibidan joy olgan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining loyihani amalga oshirish guruhi rahbari Jamshid Fayazov, Jahon bankining shaharsozlik bo‘yicha katta mutaxassisi Silpa Kaza, me’moriy echimlar bo‘yicha mas’ul Pablo Vadjone hamda boshqa bir guruh mutaxassislar bilan bo‘lgan muloqotda dastlabki xomaki loyihani mukammaltirish, loyihadan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan ob’ektlar, Jahon banki loyiha guruhi tomonidan bildirilayotgan takliflarni mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib umumiy konsepsiyaga moslashtirish bo‘yicha keng fikr almashildi. CHortoqning bosh rejasi bugungi kunda rejalashtirilayotgan tumanni tibbiyot va sihatgohlar turizmi rivojlangan ekologik toza hududga aylantirish uchun kerakli barcha jihatlarni o‘z ichiga olishi lozimligi borasida ham kelishib olindi.

Ikki soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, CHortoq tumani hokimi Anvarjon Otaxo‘jaev hamda tegishli viloyat idoralari mutasaddilari ishtirok etdilar.

 Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million dollar krediti hamda O‘zbekistonning 24,1 million dollarlik ulushi bilan hayotga tadbiq etilayotgan ushbu loyihaning tajriba-sinov shaharlari sifatida YAngiyo‘l (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va CHortoq belgilangan. 2019-2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida CHortoq zamonaviy infratuzilmaga ega obod ekoshaharga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Поделиться