O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2019-09-12 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 10-sentabr kuni Savdo vaziri Tipu Munshi boshchiligidagi Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari rahbarlari, ishbilarmonlar va biznes doiralar vakillari, shuningdek, Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi ishtirok etdi.
Muloqotda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Diplomatik vakolatxona rahbari Mosd Mannan turizm sohasidagi imkoniyatlar haqida gapirib, aholining Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardagi me’moriy, madaniy va tarixiy yodgorliklarga murojaat qildi va ziyorat-turizmiga katta qiziqish bildirdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqladilar va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.