O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OʻzRTXB AJ xorijlik mijozlar uchun xizmat koʻrsatishning yagona mexanizmini ishga tushirdi

2019-09-12 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida (OʻzRTXB) eksport birja kelishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish maqsadida “Trastbank” va “Transkapitalbank” bilan qoʻshma loyihani amalga oshirishga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda OʻzRTXB, “Trastbank”, “Transkapitalbank”, Sankt-Peterburg xalqaro tovar-xom ashyo birjasi, Rossiya eksport markazi, mamlakatimiz vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.
OʻzRTXB boshqaruvi raisi Farohiddin Ibragimovning taʼkidlashicha, ikki davlat rahbarlarining faol qoʻllab-quvvatlashi va eʼtibori tufayli Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik aloqalari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, birjalar va banklararo munosabatlarda jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda.
 
2019-yilning 26-iyun kuni Moskvada Rossiyaning “Trastbank”, “Transkapitalbank” va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat tashqi savdo bitimlari boʻyicha birja savdosi hisoblarini optimallashtirish uchun qoʻshimcha bank vositalarini qoʻllash imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, hisob operatsiyalarini jadallashtiradi. Erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat mahsulotlari eksporti koʻlamini oshirish, birja savdosi mexanizmlaridan foydalanish asosida yangi tovar bozorlarini oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
 
Memorandumga muvofiq, OʻzRTXB “Trastbank” va “Transkapitalbank” korrespondentlik hisoblari orqali xorijlik mijozlar hisob operatsiyalarining dollar, yevro va rublda xizmat koʻrsatish va taʼminlashning yagona mexanizmi amal qilmoqda. Mazkur mexanizmdan nafaqat Rossiya tadbirkorlari, balki Qozogʻiston, Afgʻoniston va Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari ham foydalanmoqda. Loyiha ishga tushirilgan qisqa vaqt mobaynida polietilen va suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha birjada qayd etilgan 7 shartnoma boʻyicha 2 millionga yaqin AQSH dollari miqdorida valyuta daromadi kelib tushdi. Anjumanda soʻzga chiqqan “Transkapitalbank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari Yelena Shirinskaya ikki mamlakat moliya va birja tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarining yanada rivojlanishiga umid bildirdi, shuningdek, ishtirokchilarga “Transkapitalbank”ning Oʻzbekiston va YEOII, MDH va SHHT mamlakatlari oʻrtasidagi hisob “koʻprigi” sifatidagi yutuqlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, banklararo munosabatlar boʻyicha vositalar Rossiya va Oʻzbekiston tadbirkorlari tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda birja mexanizmidan yanada faol foydalanishga turtki boʻladi.
 
Anjuman doirasida ikki mamlakat tadbirkorlarining tashqi savdo faoliyatini birja savdolari ishtirokida kiritiladigan kafolatli mablagʻlarini kreditlash orqali qoʻllab-quvvatlash, mamlakat ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish va Oʻzbekistonga xorij sarmoyalarini jalb qilish istiqbollariga doir masalalar koʻrib chiqildi.
 
OʻzRTXB mutaxassislari mehmonlarni oʻz faoliyati va qoʻllanilayotgan savdo platformalarining alohida xususiyatlari bilan tanishtirdi. Birjada tuzilgan bitimlarni bajarish darajasi 98 foizdan ortishiga xizmat qilgan hisob-kliring xizmat koʻrsatish tartibi taqdimoti oʻtkazildi.
 
Umuman olganda, 2019-yilning 8 oyi mobaynida OʻzRTXBda qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq eksport bitimlari tuzildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30 foiz koʻpdir. Qayd etish joizki, paxta tolasi eksport tuzilmasida 49 foiz ulush bilan yetakchi oʻrinni egalladi. Neft mahsulotlari 14 foiz, suyultirilgan gaz 7 foizni, birja eksportining qolgan qismini esa polipropilen, paxta yogʻi va paxta kunjara tashkil etdi.
 
Roman BONDARCHUK, OʻzA

Поделиться