O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federal G'aznachiligi rahbariyati bilan uchrashuv

2019-09-12 | Iqtisodiyot

IV Moskva moliya forumi doirasida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyasi, Rossiya Federal G'aznachiligida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Shaxrux Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh vazirlik bo'linmalari rahbarlaridan iborat .

Xabaringiz bor, 2017-yildan boshlab Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi o'rtasida texnik hamkorlik to'g'risidagi Memorandum amal qilmoqda. Uning doirasida 2018 yil uchun qo'shma reja kelishib olingan edi. O'tgan davr mobaynida, sohani rivojlantirish masalalari bo'yicha tajriba maqsadida o'zaro tashriflar amalga oshirildi.

Mazkur tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi rahbari Roman Artyuxin hamda uning o'rinbosari Aleksandr Mixaylik bilan muzokaralar bo'lib o'tdi.

- Biz doimiy ravishda Rossiya Federal G'aznachiligi tomonidan byudjet sohasida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli islohotlarni kuzatib boramiz. Bundan keyin ham o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz, - dedi Sh.Sharaxmetov.

Suhbat chog'ida kapital qo'yilmalar uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablag'larining ustidan g'aznachilik kuzatuvi, iqtisoslashtirilgan operatsiyalarining nazorati, federal va hududiy byudjet mablag'larini rejalashtirish, shuningdek budjet tashkilotlarining xarajatlari tahlil qilindi. G'aznachilik kuzatuvi va davlat xaridlarini amalga oshirish masalalari bo'yicha Rossiya mutaxassislarini  O'zbekistonga taklif qilish ko'rib chiqildi.

Shuningdek, O'zbek delegatsiya vakillari Moskva shahri hududiy g'aznachilik boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  Pudrat va subpudrat shartnomalar ustidan g'aznachilik kuzatuvini joriy etish, ularga tegishli operatsiyalarini sanksiyalash tartibi va identifikatorlarni qo'llash masalalari bo'yicha tajriba almashildi almashildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida 2019-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Hujjatda ham O'zbekiston Respublikasi, ham Rossiya Federatsiyasi turli yo'nalishlarda tajriba almashish yo'lga qo'yiladi. Bunda qonunchilik va axborot texnalogiyalari tizimlari bo'yicha idoralararo ma'lumotlar almashish va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etish.

Поделиться