O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2021-09-30 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar”  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun zarur muhitni yaratish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish sonini oshirish maqsadida tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi. Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar yuqorida qayd etilgan mavzular bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться