O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Mening holatimni tekshirish” oynasida yana bir qulaylik yaratildi

2021-10-05 | Jamiyat

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan my.soliq.uz portalida “Mening holatimni tekshirish” oynasi yaratilgan edi.

Bu QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini bermoqda. Kamchiliklar bartaraf etilmasa soliq to‘lovchilarning QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etgan arizasi rad qilinishi yoki mavjud QQS guvohnomasi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan maxsus qo‘llanma tayyorlangan.

Bundan tashqari, har bir mezon bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilgan oynada uni qanday bartaraf etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham bilib olish imkoni yaratildi. Buning uchun oynadagi tegishli havolani tanlash kifoya. Bu soliq to‘lovchilarga kamchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor bartaraf etishda qulaylik yaratadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться