O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Evropa investitsion banki delegatsiyasi bilan uchrashuv
2021-09-30 | Ekologiya
Davlat ekologiya qo‘mitasida Yevropa investitsion banki Yevropa Ittifoqining qo‘shni Sharqiy va Markaziy Osiyodagi kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Rafal Ribaki boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida xorijiy hamkorlar bilan Orolbo‘yi hududida atrof-muhitni qayta tiklash, xususan, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta taklash, yerlardan chang va zararli tuzlarning tarqalishini oldini olish maqsadida o‘rmonzor va butazorlar barpo qilish bo‘yicha hamkorlik qilish va bu sohada qo‘shma grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu maqsadda, quruqlikka chidamli Orolbo‘yi hududi tabiatiga mos daraxt va butalar navlarini tanlash muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov tomonidan Davlat rahbari tashabbusi bilan Orolbo‘yi hududida ekologik qayta tiklash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berdi. Tadbir so‘nggida tomonlar keyingi qadamlar hamda qo‘shimcha muzokalar tashkil etishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi