O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyati maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2021-10-04 | Jamiyat
Jizzax viloyati Zarbdor tumani chekka hududlarida joylashgan maktab o’quvchilariga IT-markaz xodimlari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tushunchalar berildi.
Darslar davomida o‘quvchilar IT markazlardagi mavjud o'quv kurslari, uning faoliyati va “Bir million dasturchi” loyihasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tumandagi yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, ro‘yxatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videodarslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi