O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir IT-texnikum qurilishi bilan tanishdi
2021-09-30 | Jamiyat
Hozirgi kunda yurtimizning barcha viloyatlarida IT-texnikumlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bevosita nazorati ostida olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning shaxsan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan IT-texnikumning rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida quruvchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanishtirildi va rekonstruksiya ishlarining kelgusi rejalari muhokama qilindi. Uchrashuvda qatnashganlar texnikum binosini bezashda yetakchi IT-kompaniyalarda qo‘llanilayotgan ranglardan foydalanishni taklif qildi.
Qayd etish joizki, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab, yurtimizning barcha hudularida 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ushba ta’lim dargohlarida qariyb sakkiz ming nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularga dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi va telekommunikatsiyalar bo‘yicha fanlardan saboq beriladi.
Manba: O'zA