O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

N-1 shakldagi dalolatnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (“YAMMT” IDAK) kiritilishini ta’minlovchi elektron baza yaratildi

2021-09-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan N-1 shakldagi dalolatnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (“YAMMT” IDAK) kiritilishini ta’minlovchi elektron baza yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi bo‘yicha rasmiylashtirilgan N-1 shaklidagi dalolatnomalar, shuningdek, jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uch ish kuni ichida “YAMMT” IDAKga ish beruvchi tomonidan kiritilishi lozim.

“YAMMT” IDAKga kiritilgan ma’lumotlar xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash borasida ularni qonuniy huquqlarini himoya qilishda, shuningdek, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi hisobini yuritish va tahlil qilishda qo‘llaniladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться