O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan aloqalar rivojlantirilmoqda
2021-10-05 | Ta’lim
Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisining Madaniyat va taʼlim bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi va muzokaralar yakunlari bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishildi:
- Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan universitetlararo aloqalarni rivojlantirish;
- universitet kutubxonasida Fransiya elchixonasi burchagini ochish va uni fransuz kitoblari hamda o‘quv resurslari bilan to‘ldirish;
- turizm va mehmonxona sohalarida fransuz universitetlarining taqdimotlarini tashkil etish;
- tadqiqotchilar va talabalar uchun madaniy meros, muzeyshunoslik va arxitektura sohasida maxsus treninglar o‘tkazish;
- ilmiy tadqiqotchilar va universitet o‘qituvchilari uchun turizm sohasida Fransiya hukumatining grantlarini olishga ko‘maklashish.
Uchrashuv so‘ngida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi