O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Hamkorlik istiqbollari kelishib olindi

01.08.2018Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining topshirig‘i ijrosini bajarish, tizimga xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida, “Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tashabbusi bilan Turkiyaning “NANO LAB” kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Abdulla Aripov test jarayonini kuzatish uchun “O‘zekspomarkaz”ga keldi

01.08.2018Jamiyat

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar test imtihonini topshirmoqdalar. 

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro kimyo olimpiadasida g‘alaba qozonishdi

01.08.2018Ta’lim

Shu yilning 19-29 iyul kunlari o‘tkazilgan 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Qonunchilikda yangi hamkorlik

01.08.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda jamg‘armaning (Germaniya) mamlakatimizdagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Puchon universiteti: sinalgan yo‘l, aniq maqsad

31.07.2018Jamiyat

Ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsiya sohalarida O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari ijobiy ko‘rinish kasb etgan. Bugun ikki mamlakat hamkorligi turli jabhalarda faol davom etmoqda. Jumladan, oliy ta’lim sohasida qator loyihalar hayotga joriy etilayotir.

“O‘zstandart” sifatsiz mahsulotlarga qarshi

31.07.2018Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi va Iste’molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamkorligida fuqarolarning ko‘p sonli murojaatlariga ko‘ra Toshkent shahrining bozorlaridagi savdo shoxobchalari va yirik savdo tarmoqlarida nazorat xaridlari amalga oshirildi.

Yuridik xizmat xodimining mas’uliyati ortdi

31.07.2018Jamiyat

Qonunchilikda yangiliklar yuz bermoqda, talablar ortib, faoliyat mezonlari takomillashmoqda. Idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari bu yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi, xodimlarni bundan ogoh etishi, tayyorlanayotgan hujjatlarni esa yangi me’yorlarga moslashtirishi zarur.

Yoshlarning istagi ­- ta’lim olish!

31.07.2018Jamiyat

“Yoshlar ­- kelajagimiz”davlat dasturining Toshkent shahri bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov poytaxtimizning 26 iyun kuni Yunusobod tumani yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

“Elektron hukumat” markaziga yangi vazifalar yuklandi

31.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 14 maydagi PQ-3724-son qarori)” 2018 yil 26 iyuldagi 583–son qarori qabul qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi huzurida ekspert - tahlil kengashi tashkil qilinmoqda

31.07.2018Jamiyat

Joriy yilning 27-iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida ekspert-tahlil kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’limning ahamiyatini oshirishdagi asosiy maqsadlar va kengashning maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov bilan bo‘lgan uchrashuvda kengash vakillari X.Sulaymonova (DaVinci), V.Kan (MYWAY), M.Qosimov (Ambit), X.Mamasaidov (Dekos.uz), V.Kim (Study Smart Project), A.Yusufov (lebazar.uz), L.Po‘latov (Premium Parts), U.Ishmuhammedov (Edu Action)lar ishtirok etishdi.

Hindiston – O‘zbekiston hamkorlikning yangi ufqlari ochilmoqda

31.07.2018Jamiyat

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash, uning yangi serdaromad sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi natijasida O‘zbekistonda yangi yo‘nalishdagi korxonalarini ochilishini zamon talab qilmoqda.

Hamkorlik memorandumi imzolandi

31.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashda ta’sirchan targ‘ibot ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ulkan ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. 

Ichki ishlar vazirining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi: loqayd rahbarlar ishdan olindi, eskicha uslubda ishlashga hech kimning haqqi yo’q

30.07.2018Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga muvofiq, Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vazirining qo’shma farmoyishiga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po’lat Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlari oldiga qo’yilgan vazifalar ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R. Davletovning Amerika Qo‘shma Shtatlari Adliya departamentidagi uchrashuvi

27.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Vashingtonga tashrifi doirasida joriy yilning 25 iyul kuni Adliya vaziri R. Davletov AQSH Adliya departamentida Bosh prokuror yordamchisi o‘rinbosari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchi B.Shvars bilan uchrashdi. B.Shvars R.Davletovni AQSH Adliya departamenti faoliyati bilan tanishtirib, ushbu Departament boshqa mamlakatlarda prokuratura, ichki ishlar vazirligi, kontrrazvedka, jinoyat-qidiruv, qamoq idoralari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishini ma’lum qildi.

Faoliyatga bahoni xalq beradi

27.07.2018Jamiyat

Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, har bir insonning tinch va osuda hayot kechirishi uchun munosib sharoitlarni yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ham bugun o’z samarasini berib, respublika miqyosida jinoyatlarning sezilarli kamayishiga erishildi.

Koreyalik tadbirkorlar yurtimizda quyosh panellari ishlab chiqaradi

27.07.2018Jamiyat

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida Janubiy Koreyaning bir qator firma va kompaniyalari vakillari bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. 

Erkinjon Turdimov bolalar kaltaklangan maktab-internatidan xabar oldi

27.07.2018Jamiyat

Dastlab, E.Turdimov maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.

Vazir raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

27.07.2018Jamiyat

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari hamda tizim takshkilotlari rahbarlari, mutaxassislari ishtirok etishdi.