Dastlab, E.Turdimov maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.
Keyingi kunlarda mazkur muassasada sodir bo‘lgan holat maktab jamoasi, mutasaddilar va jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, kelgusida bunday ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasligi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, viloyat rahbari Samarqand shahridagi 1- va 10-son mehribonlik uylari, keksa va nogironligi bo‘lgan insonlar istiqomat qilayotgan “Saxovat” internat-uyida ham bo‘lib, mazkur muassasalar faoliyati bilan tanishgan.
Hokimning bunday muammoli vaziyatlarni shaxsan o‘zi borib o‘rganishi va nazoratga olgani viloyat hokimligining yangicha ishlash tizimiga o‘tayotganidan darak beradi.