O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik istiqbollari kelishib olindi
2018-08-01 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining topshirig‘i ijrosini bajarish, tizimga xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida, “Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tashabbusi bilan Turkiyaning “NANO LAB” kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
O‘zaro kelishuvlarga asosan qo‘shma korxona o‘z faoliyatini 2018 yilning oktyabr oyidan boshlaydi va 2018-2019 yillar davomida Turkiya davlatidan kiritilgan investitsiyalar (sinov uskunalari) asosida “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi” bo‘yicha sinov laboratoriyasi ishga tushiriladi. Sinov laboratoriyasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi GMO, DNK va boshqa xavfsizlik ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Eng muhimi ikki tomonlama kelishuvga asosan markaz mutaxassislarini “NANO LAB” kompaniyasining sinov laboratoriyalarida uzoq muddatli tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga ham erishildi.
Albatta bunday do‘stona hamkorlik natijasida xodimlar o‘z malaka va mahoratlarini oshirish bilan birga, soha rivojiga o‘zlarining munosib hisalarini qo‘shadilar.