O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2018-07-27 | Jamiyat

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari hamda tizim takshkilotlari rahbarlari, mutaxassislari ishtirok etishdi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3856-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 yanvardagi “Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-son qarori ijrosi yuzasidan hududlarda olib borilayotgan ishlar, hududlarda jamoat ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2018 yil 30 iyundagi Taqdimnomasida ko‘rsatilgan qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqarayotgan sabablar va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, vazir o‘rinbosari Bahodir Nizomov, Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Imomnazarov ta’kidlangan masalalar yuzasidan tahliliy-tanqidiy ma’ruzalar qilishdi.

 

Поделиться