O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vaqt taqsimoti yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

2020-03-10 | Jamiyat

Belgilangan 8 soatlik ish davomiyligida juda ko‘p vazifalarni uddalash kerak. Topshiriqlar bir dunyo! Xohlaymiz. Lekin qanday uddalaymiz?! Mazkur savollarga javob berish maqsadida bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari bilan vaqt menejmenti masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuv davomida kunni rejalashtirish, ishni tashkillashtirish, vaqtni boshqarish va tartibga solish, muhim-nomuhim vazifalarni bajarishda vaqt taqsimoti, diqqatni nazorat qilish, dam olish vaqtidan unumli foydalanish kabi mavzularda foydali maslahatlar berildi.

Xabaringiz bor, hukumatimiz tomonidan davlat xizmatchilarining mehnat huquqlarini himoya qilish, belgilangan vaqtdan ortiq ishlashiga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz bo‘ylab mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yuzasidan amaliy tadbirlar olib borilmoqda.

Поделиться