O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari kechiktirildi
2020-03-10 | Turizm
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan 12-16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boֲ‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi.
Sog’liqni saqlash vazirligida ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi. Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.
“Ziyorat turizmi haftaligi” o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lgan taqdirda, bu haqidagi ma'lumot uzbektourism.uz saytida taqdim etiladi.