O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Italiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga
2020-03-06 | Jamiyat
Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.
2020-yil 6-mart kuni ertalabki holatga ko‘ra Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.
Elchixonaning ma’lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi
Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:
Abdulaziz Abduganiyev |
Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi |
+390687775827 |
Munira Nizamova |
Konsul, birinchi kotib |
+390687775739 |
Doston Omonov |
Attashe |
+390687775724 |
Xushnud Artikov |
“Uzbekistan Airways” AJning |
+390642014811 |
Elchixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/
Elektron pochta: ambasciata@uzbekistanitalia.org
Facebookdagi sahifa: www.facebook.com/ UZEmbassyItaly/
Telegramdagi guruhlar: «Наши студенты в Италии» и «Tashkent-Torino-2019/2020»
Elchixona manzili:
Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma