O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlarning xayrli ishlari e’tirof etildi

2020-03-09 | Siyosat

Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanadagi nutqida haj ziyorati uchun yiqqan mablag‘ini mahalladoshlariga beg‘araz yordamga sarflagan rishtonlik tadbirkor Izrabu Usmonova, qishloq ahli uchun o‘z hisobidan “Mumtoz” nomli katta kutubxona barpo etgan sayxunobodlik Gavhar Husanova, 32 yoshida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori bo‘lgan Aziza Shonazarova kabi xotin-qizlarning xayrli ishlari va faoliyatini alohida ta’kidladi. Bayram ishtirokchilari birgalikda ularni olqishlab, chuqur hurmat va tashakkurlarini bildirdi.

Ayollarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda erishilayotgan natijalar xususida ham so‘z yuritildi.  

Davlatimiz rahbari qizlarni eng go‘zal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalash juda ulug‘ va sharafli mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar, xotin-qizlar faollari, hurmatli muallima va murabbiyalar bu savobli ishga ulkan hissa qo‘shishiga umid bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev shu ezgu ishlarimizga kamarbasta bo‘lib, yosh qizlarni ta’lim-tarbiya qiladigan haqiqiy murabbiylarga keyingi yil 8-mart bayramidan boshlab har yili, har bir viloyatdan ikki nafar eng munosib vakilni davlat mukofoti bilan taqdirlashni taklif etdi. Yig‘ilganlar buni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Поделиться