O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

O‘zbekiston-Germaniya: ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirish

02.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga (Germaniya) tashrifi arafasida 2-may kuni ikki mamlakatning vazirlik va  idoralari, 250 dan ortiq sanoat birlashmalari, yirik kompaniya, xolding va sanoat korxonalari hamda  banklar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston pomidori – bu brend. Bunday mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish lozim”

28.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida "Qishloq xo‘jaligi uchun sifatli investitsiyalar" mavzusida davra suhbati zarur ko‘rsatmalar, takliflar va fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.

TIIF-2023 da mutaxassislar IOT va uning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritdi

28.04.2023TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

28-aprel kuni yirik tadbir — Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi, unda biznes va investitsiya sohasidagi dolzarb mavzular ko‘tarildi.

"INNOPROM Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko'rgazmasi o’z ishini boshladi

25.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-aprel kuni Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir ilk bor 2021-yilda Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, ikki yil ichida hududlararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun samarali platforma sifatida o‘zini namoyon qildi.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi

14.04.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi.

UzCharmExpo – ShoesStar Eurasia-2023 xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi

10.04.2023Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-7 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun, qorako‘l va mahalliylashtirilgan mahsulotlarning UzCharmExpo – ShoesStar Eurasia-2023 14-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

03.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkentda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili raisligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasining 9- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Misr savdo va sanoat vaziri bilan muzokaralar olib borildi

03.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih bilan videokonferensiya tarzida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazdi.

Xorazm viloyatida oʻrganish oʻtkazildi

03.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi mas’ul idoralar, tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatidagi qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv

29.03.2023Siyosat

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.

Banklar kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

29.03.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Energetika vazirligida “Huawei” kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

28.03.2023IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va “Huawei Digital Power” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Yao Szin o‘rtasida joriy yilning fevral oyida Xitoyning Shenjen shahrida joylashgan “Huawei” bosh qarorgohiga tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlar va yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

28.03.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Fransiya investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

25.03.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Fransiya Tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va chet eldagi fuqarolar ishlari bo‘yicha delegat vaziri Oliver Besht o‘rtasida videokonferensiya tarzida kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Mareven Food Holdings O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshiradi

23.03.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Shu yilning 22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Mareven Food Holdings (Vyetnam) kompaniyasi direktori Nguyen Duong bilan videokonferensiya tarzida muzokaralar o‘tkazdi.

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

14.03.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi loyihalarini investitsiyalash

11.03.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) investitsiya operatsiyalari bo‘yicha vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi uchrashuv va yangi kelishuvlarga boy bo‘ldi

02.03.2023Iqtisodiyot

2023-yil 28-fevral kuni Berlin shahrida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi

28.02.2023SiyosatManba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onaga tashrif buyurgan Qatar davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan samimiy suhbatlashdi.

Koreya Respublikasi bilan ekologiya sohasida sarmoyaviy hamkorlik muhokama qilindi

28.01.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Koreya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Yu Chje Chol bilan ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.