O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"INNOPROM Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko'rgazmasi o’z ishini boshladi
2023-04-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 24-aprel kuni Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir ilk bor 2021-yilda Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, ikki yil ichida hududlararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun samarali platforma sifatida o‘zini namoyon qildi.
O‘tgan yillar davomida keng ko‘lamli ekspozitsiya doirasida 30 ta ishbilarmonlik tadbirlari va tadbirkorlar o‘rtasida 500 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi, natijada umumiy qiymati 7 milliard dollardan ko’p bo‘lgan 600 dan oshiqroq kelishuvlarga erishildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda INNOPROM nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yirik sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochadi.
MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 ta xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.
Muloqot maydonchalari, ekspertlar e’tiborini sanoat ishlab chiqarishining asosiy masalalari va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi