O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
UzCharmExpo – ShoesStar Eurasia-2023 xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi
2023-04-10 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 5-7 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun, qorako‘l va mahalliylashtirilgan mahsulotlarning UzCharmExpo – ShoesStar Eurasia-2023 14-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
2023-yilda charm, poyabzal va moʻyna sanoatining Markaziy Osiyodagi eng yirik ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi hisoblangan UZCHARM EXPO birinchi marta SHOESSTAR xalqaro poyabzal va charm buyumlar koʻrgazmasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Unda 130ga yaqin ortiq mahalliy kompaniyalar o‘z stendlari bilan ishtirok etishdi
UzCharmExpo – ShoesStar Eurasia-2023 – potentsial mijozlar bilan uch kun davom etgan biznes dasturlar doirasidagi unumli mehnat maydonchasidir. Ishbilarmonlik dasturida Markaziy Osiyo respublikalarining yirik korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi