O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi uchrashuv va yangi kelishuvlarga boy bo‘ldi
2023-03-02 | Iqtisodiyot
2023-yil 28-fevral kuni Berlin shahrida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat uchun muhim bo‘lgan tadbir Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi aʼzosi Manfred Grundken va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonlaridan ochib berildi.
Yig‘ilish davomida har davlatning mansabdor vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Hohenstein instituti, Gesamtmasche uyushmasi, Green Button sertifikatsiyalar tashkiloti, ODDO bank vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Misol uchun, Green Button davlat sertifikatsiya tashkiloti vakillari Ulrich Plein va Franziska Linke bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida to‘qimachilik sanoati rivojlanish istiqbollari va to‘qimachilik mahsulotlarini sifatini aniqlash, ularni sertifikatsiyalash masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda kompaniya tomonidan 60 ga yaqin nemis korxonalariga sertifikatlar taqdim etiladi.
ODDO BHF bank direktori Zuzana Franz bilan muzokaralarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari loyihalarini moliyalashtirish, yangi moliyaviy mexanizmlarni tatbiq qilish, hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Muzokaralar natijasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv bitimi imzolandi.
uzts.uz